22:22 / 23.06.2021
6907

Moskva-Toshkent va Voljskiy-Toshkent yo‘lovchi poyezdlarining maxsus reysi yo‘lga qo‘yilmoqda

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Moskva-Toshkent yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur poyezd joriy yil 28 iyun kuni Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. Ushbu poyezd Moskvadan soat 22:28 da jo‘naydi. 

Shuningdek, 25 iyun kuni Voljskiy-Toshkent yo‘nalishida ham 1 ta maxsus poyezd qatnovini amalga oshiradi. Bu poyezd Voljskiy vokzalidan soat 20:57 da jo‘naydi.

Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya'ni Moskva-Toshkent hamda Voljskiy-Toshkent yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.

Mavzuga oid
Top