16:34 / 24.06.2021
11646

Mayamida ko‘p qavatli uy qulab tushdi

50 nafarga yaqin inson vayronalar ostida qolib ketgani taxmin qilinmoqda.

AQShning Mayami shahrida 12 qavatli uyning bir qismi qulab tushdi, deb xabar berdi CNN.

Xabarda aytilishicha, 50 nafarga yaqin inson vayronalar ostida qolib ketgani taxmin qilinmoqda.

Voqea joyida 80dan ortiq qutqaruv otryadlari ish olib bormoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan olingan surat va videolavhalar tarqalgan.

Top