Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023 yilda köçmas mulk bozorida qanday özgarişlar bölgani yuzasidan şarh e’lon qildi.

Qayd etilişiça, 2023 yilda köçmas mulk bozori yaxşi natijalarni körsatdi – bitimlar hajmi oşdi, uy-joy ijarasi narxi pasaydi, ikkilamçi uy-joylar narxi ösiş tendensiyasini saqlab qoldi.

Özbekistonda köçmas mulk savdosi 2023 yilda 5,7 foizga oşdi. Yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotildi, bu ötgan yilgi 257 mingta şartnomalarning umumiy körsatkiçlaridan oşdi.

Bitimlar hajmining sezilarli ösişi Qoraqalpoğiston Respublikasida qayd etildi, bu ösiş böyiça barça hududlarni ortda qoldirib, Qaşqadaryo viloyatidan keyin ikkinçi örinda, mos ravişda 16,8 foiz va 17,1 foizni taşkil etdi.

2023 yilda poytaxtning uy-joy ijarasi bozori barqarorlaşdi. Umuman olganda, bir yil içida Toşkent şahrida örtaça ijara narxi 10,2 foizga pasaydi va har kvadrat metr uçun 9,2 dollarni taşkil etdi.

Ikkilamçi uy-joy bozorida narx parametrlari sezilarli darajada özgardi. Yil davomida ikkilamçi bozor 17,5 foizga ösdi. Şu bilan birga, yilning birinçi yarmida örtaça oylik ösiş 1,8 foizni, ikkinçisida esa 1 foizni taşkil etdi.

Ötgan yilga nisbatan ikkilamçi bozorda uy-joy narxlarining eng katta ösişi Xorazm – 30,1 foiz, Toşkent – 28,9 foiz va Buxoro viloyatlarida qayd etildi - 24,5 foiz.