13:07 / 06.07.2021
1105

Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi, deya xabar bermoqda “O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati.

Unda Qatardagi Texas A&M universitetining (Texas A&M University Qatar) tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasining dotsenti (Associate professor) Sherzod Madrahimov bilan universitet talabalari o‘zaro muloqot o‘tkazgan.

Savol-javob ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida universitet ma'muriyati taklifiga binoan kamida uch oyda bir marta talabalar uchun mahorat darslari o‘tkazish taklifi ma'qullangan.

“Yangi 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab univetsitet talabalari kimyo fanining organik sintez va katalizatorlar yo‘nalishida o‘z bilimlarini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top