12:50 / 21.07.2021
10253

Namanganda do‘l yog‘masligi uchun bulutlarga ta'sir ko‘rsatilgan

20 iyul kuni Namangan viloyatining ayrim hududlarida kuchli jala kuzatildi.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Namangan viloyat FVB matbuot xizmatiga ko‘ra, 20 iyul kuni soat 19.00 atrofida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Olabuqa tumani hududidan Kosonsoy tumanining «Obod» mahallasi hududiga chaqmoq-momaqaldiroqli bulutli zona kirib kelgan.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Tumanlardagi FVB Gidrometeorologik jarayonlarga ta'sir ko‘rsatish boshqaruv monitoring stansiyasi tomonidan do‘l yog‘masligi uchun bulut zonasi atrofiga ta'sir ko‘rsatilgan.

Shuningdek, viloyatning Uychi, Namangan, To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahrida kuchli jala yog‘ib o‘tdi.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Hozirda Namangan shahri, Kosonsoy hamda To‘raqo‘rg‘on tumanlarida FVB kuchlari ish olib bormoqda.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

«Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari, xususan, viloyat hokimi va sektor rahbarlari voqea joyiga chiqib, zarur choralar ko‘rilganini ma'lum qilamiz. Tumanlardan suv tortish va boshqa qo‘shimcha texnikalar safarbar etildi. Jabrlangan, tan jarohat olganlar yo‘q», deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

Mavzuga oid
Top