O‘zbekiston | 11:20 / 19.04.2024
10309
2 daqiqa o‘qiladi

9 hududda yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonda 20-23 aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati — Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;
  • Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
  • Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
  • Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
  • Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
  • Farg‘ona viloyati — So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududi;
  • Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid