18:59 / 07.09.2021
7155

BMT Afg‘oniston aholisiga ocharchilik xavf solayotgani haqida ogohlantirdi

Qayd etilishicha, Afg‘oniston aholisiga yordam berish uchun 600 mln dollar yig‘ish zarur.

Foto: RIA Novosti

Afg‘onistonda oziq-ovqat va boshqa hayotiy zarur mahsulotlar zaxiralari tugamoqda, deb xabar qildi BMT gumanitar muammolarni muvofiqlashtirish boshqarmasi.

"Ovqat va boshqa hayotiy zarur mahsulotlar tez orada tugaydi. Biz xalqaro donorlarni tezroq va saxiylik bilan yordam ko‘rsatishga chaqiramiz", - deya BMT vakili Yyens Layerkening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda OAV.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston aholisiga yordam berish uchun 600 mln dollar yig‘ish zarur.

Avvalroq ekspertlar Afg‘oniston jiddiy oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch kelishi mumkinligi haqida aytishgandi. Bunga mamlakatdagi beqarorlik va hosilning kam bo‘lganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top