14:41 / 06.12.2021
5558

Olimlar koronavirusga qarshi rezinka saqich ishlab chiqdi

Rezinka saqich so‘lakdagi viruslarni yo‘q qilish imkoniyatini beradi

Foto: AP

Pensilvaniya universiteti olimlari koronavirus tarqalishini cheklashga yordam beradigan rezinka saqich ishlab chiqdi.

Ishlanma mualliflaridan biri Genri Deniyellning so‘zlariga ko‘ra, virus so‘lakda ko‘payadi.

«Zararlangan odam aksirganda, yo‘talganda yoki gapirganda virus zarralari tashqariga chiqadi va boshqalarga o‘tishi mumkin. Rezinka saqich so‘lakdagi viruslarni yo‘q qilish imkoniyatini beradi – bu bilan kasallik tarqalishining oldi olinadi», — dedi u.

Koronavirus yuqtirgan bemorlarning so‘laklaridan olingan namunalar saqich virus darajasini kamaytirishini ko‘rsatdi.

Tadqiqotchilar rezinka saqichning klinik sinovlardan o‘tkazilishiga erishmoqchi.

Top