Pandemiyaning tugaşi rasman may oyi boşida e’lon qilingan bölsa-da, sentabr boşidan beri Qöşma Ştatlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni tez ösişda davom etdi va 2020 yil bahorida deyarli butun mamlakat böylab tarqalgan birinçi tölqin darajasiga yetdi.
AQŞ rasmiylariga köra, 27 avgustdan 2 sentabrgaça bölgan haftada şifoxonaga yotqiziş talab qilinadigan bemorlar soni deyarli 9 foizga oşgan. Koronavirusga çalingan bemorlarning ölim darajasi deyarli 5 foizga köpaygan.
Kovidni modellaştiriş böyiça yetakçi ekspertlardan biri Jyey Vayland hisob-kitoblari şuni körsatadiki, 8 sentabrga kelib, Qöşma Ştatlarda koronavirus bilan kasallanganlarning haqiqiy soni har kuni taxminan 720 mingga köpaygan. Bu şuni anglatadiki, hozir Qöşma Ştatlarda aholining deyarli 2 foizi infeksiyalangan. Sovuq mavsum hali oldinda ekani inobatga olinsa, kasallanganlar soni yanada oşişi mumkin.
Bemorlar sonining köpayişi va oğir holatlarning tez-tez uçrab turişi haqidagi xavotirli xabarlar faqat Qöşma Ştatlardan kelmayapti, dedi ötgan hafta JSST pandemiyaga qarşi kuraş uçun mas’ul Mariya Van Kerxove. Uning fikriga köra, boşqa mamlakatlar ham voqealarning taxminan şunday rivojlanişiga tayyorgarlik körişi kerak.
JSST takroriy emlaniş reanimatsiyaga tuşişdan (va umuman kasallikning oğir keçişidan) yaxşiroq himoya qilişini tinimsiz takrorlamoqda. Qayta emlaniş, ayniqsa, u yoki bu sabablarga köra xavf ostida bölganlar uçun tavsiya etiladi.
Bundan taşqari, mutaxassislar ta’kidlaganidek, yangi, moslaştirilgan vaksinani kutiş mutlaqo şart emas. JSST tomonidan tasdiqlangan har qanday dori zarur himoyani ta’minlaydi. Qayta emlaniş nafaqat kattalar, balki bolalar, jumladan, maktabgaça yoşdagi bolalar uçun ham tavsiya etiladi.












