23:41 / 22.12.2021
90162

Xiaomi yangi smartfonini namoyish qildi  

Xiaomi kompaniyasi yangi flagman smartfoni Xiaomi 12’ni taqdimotigacha namoyish qildi. Bu haqda GizmoChina nashri xabar berdi.     

Foto: OnLeaks x Zoutons

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfon Gorilla Glass Victus oynasi bilan himoyalangan 6,28 dyuymli yuqori aniqlikdagi displey oladi. Undagi ranglar chuqurligi 10 bitni tashkil qiladi. 

Smartfon Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va tezkor quvvatlanish uchun litiy-kobalt oksididan ishlangan akkumulyator bilan jihozlangan. 

Foto: OnLeaks x Zoutons

Gadjetning taqdimoti 28 dekabrga belgilangan. U 2022 yilning 1-choragida sotuvga chiqariladi.

Top