Özbekistondagi bir neçta davlat taşkilotlari sönggi oylarda iPhone va Samsung kompaniyalari smartfonlarini sotib olgan. Bu haqda Telegram’dagi “Revizor” kanalida xabar berildi.
Ma’lum qilinişiça, Samarqand viloyati prokuraturasi 2023 yil 28 dekabr kuni xotirasi 1 TB, har birining narxi qariyb 20 mln söm bölgan 21 dona iPhone 14 Pro Max telefonini xarid qilgan. Buning uçun jami 419,98 mln söm sarflangan. Şuningdek, yana bir iPhone 14 Pro Max 1 TB 25,3 mln sömga xarid qilingan.
Majburiy ijro byurosi bergan ma’lumotlarga köra, viloyat prokuraturasining jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplaş bilan boğliq 10,5 mlrd söm qarzi bor.
Gazeta.uz’ning keltirişiça, yana bir qator davlat taşkilotlari quyidagi mobil telefonlarni sotib olgan yoki sotib oliş jarayonida:
- Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumani tibbiyot birlaşmasi — iPhone 14 Pro Max 256 GB, 14,4 mln sömga (2023 yil dekabr);
- Qaşqadaryo viloyati köz kasalliklari şifoxonasi — 24,7 mln sömga ikkita Galaxy S23 Ultra 512 GB smartfoni (dekabr);
- Prezident matbuot xizmati huzuridagi Media markaz — ikkita iPhone 15 Pro Max Natural Titanium 1 TB smartfoni + Apple AirPods 3 simsiz quloqçinlari 45,4 mln sömga (fevral), ikkita iPhone 15 Pro Max 1 TB Black Titanium 39,57 mln sömga (yanvar),







