07:42 / 05.03.2022
6712

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tuzilmasida 1257 nafar xodim ishlashi belgilandi

Foto: Getty Images

Prezidentning «Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Prezidentning «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi;
  • davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni;
  • 54 nafar shtat birligidan iborat vazirlik markaziy apparatining tuzilmasi;
  • 168 nafar shtat birligidan iborat viloyat boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
  • 1 035 nafar shtat birligidan iborat tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi.

2022 yil 1 maydan boshlab mahalla raisining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

  • xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lganda – MHEKMning 4 baravari miqdorida;
  • 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lganda – MHEKMning 4,5 baravari miqdorida;
  • 1 000 tadan ortiq bo‘lganda – MHEKMning 5 baravari miqdorida.

Faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, mahalla raislarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantiriladi.

Top