Qaror loyihasini qabul qiliş zaruriyati quyidagilar bilan asoslanadi:
obodonlaştiriş boşqarmalarining tozalaş işlari bilan şuğullanuvçi işçilari, sanitar tozalaş korxonalarining çiqindilarni yuklaş, taşiş, joylaştiriş va saralaş işlari bilan şuğullanuvçi işçilari, ekofaollar va jamoatçilik ekologiya nazoratçilariga Ekologiya jamğarmasi mablağlari hisobidan har oy 100 tadan velosiped beriş;
har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat körsatgan xodimlar uçun «Tabiat uyğunligi himoyaçisi» tanlovini ötkaziş hamda ulardan 100 nafarining davlat oliy ta’lim muassasalariga tölov-kontrakt asosida öqişga kirgan bir nafardan farzandi yoki nevarasiga tölov-kontrakt summasini (bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravarigaça bölgan qismini) Ekologiya jamğarmasi hisobidan tölab beriş. Bunda, talabalarga kelgusida davlat organlari va taşkilotlarida kamida uç yil işlab beriş majburiyati yuklatilişini nazarda tutiş;
«Eng toza mahalla» tanlovini ötkaziş va tanlov natijalari böyiça ğolib bölganlarni rağbatlantiriş mexanizmlarini işlab çiqiş.
Prezident farmoni bandlarida belgilangan ekologiya, sanitar tozalaş korxonalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarning işçi xizmatçilari va ekofaollar, şuningdek, respublika hududidagi mahallalarida ijtimoiy obektlarga çiqindi konteynerlarini örnatiş va daraxtlarni ekiş uçun mablağlarni ötkazib beriş maqsadida ötkaziladigan tanlovlar «Tabiat uyğunligi himoyaçisi», «Eng toza mahalla» va 100 tadan velosiped va boşqa mukofotlarini beriş tartibi belgilanmoqda.













