15:03 / 17.04.2022
13903

Buxoroda 3,5 magnitudali zilzila qayd etildi

Buxoro viloyati Peshku tumani hududida 17 aprel kuni soat 14:35 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Toshkentdan 493 km janubi-g‘arbda. Zilzila koordinatalari: 40,43 gradus shimoliy kenglik; 63,46 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi 3,5 ni, chuqurligi 15 kilometrni tashkil etgan.

Bungacha O‘zbekistonda 1 aprel kuni 5 magnitudali zilzila qayd etilgandi.

Top