U ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan uchrashishdan oldin Kiyev oblastidagi Bucha shahriga bordi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ukrainaga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Zeit.
Xabarda aytilishicha, u ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan uchrashishdan oldin Kiyev oblastidagi Bucha shahriga bordi.
Berbok Bucha aholisi bilan suhbatlashdi, shahardagi holat bilan tanishdi.
Nashrning yozishicha, u shuningdek, Germaniyaning Kiyevdagi elchixonasini ochadi. Elchixona fevral o‘rtalarida yopilgandi.
Avvalroq Germaniya «Xristian-demokratik ittifoqi» raisi Fridrix Mers Kiyevga kelgandi. 8 may kuni Ukrainaga bundestag rahbari Berbel Bas tashrif buyurdi.