07:37 / 05.08.2022
5411

Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab qarama-qarshi harakatlangan «Spark» bo‘yicha ma’lumot berildi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yunusobod tumanidagi holat bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

Foto: IIBB YHXB

2022 yil 2 avgust kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida «Spark» rusumli avtomashina Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab qarama-qarshi harakatlangani aks etgan videolavha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan o‘rganildi. 

Qayd etilishicha, 2022 yil 1 avgust kuni taxminan soat 19:00 larda «Spark» rusumli avtomashina haydovchisi 1982 yilda tug‘ilgan N.K.ning 4 oylik farzandi sog‘ligi yomonlashganligi hamda uning hayotini saqlab qolish maqsadida, Yunusobod tumanida joylashgan 5-sonli bolalar shifoxonasiga olib ketayotgan bo‘lgan. 

Biroq oldindagi transport vositalari yo‘l bermagani sababli Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab qarama-qarshi harakatlangan. 

Holat yuzasidan haydovchi N.K. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, kelgusida bu kabi qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymasligi lozimligi haqida ogohlantirilgan. 

Mavzuga oid
Top