2011 yilda hukumatning tegişli qaror bilan tasdiqlangan avtomobil yöllari mintaqasida xavfsizlikni ta’minlaş va taşkil etiş qoidalari qabul qilingan.

Unga köra, avtomobil yöllari va ularning xavfsizlik mintaqalarida yöl va yöl inşootlarini har qanday elementlar bilan: aravalar, texnikalar, materiallar va boşqalar bilan tösib qöyiş, arkalar, şlagbaumlar va boşqa inşootlar quriş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini quritiş, har xil materiallarni taxlab qöyiş, çiqindi va qorlarni uyib qöyiş taqiqlanadi.

Şunga muvofiq, Toşkent şahrida mahalla köçalaridagi tösiqlar olib taşlanmoqda. Bu haqda IIBB YHXB özining telegram kanalida xabar berdi. Boşqarma matbuot xizmati xodimi Qahramon Xudoyberganovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, şu vaqtgaça 100 dan ortiq şunday tösiqlar olib taşlangan.

Boşqarma e’lon qilgan videoga köra, bunday tösiqlar favqulodda vaziyatlarda odamlarga xizmat qiluvçi maşinalarning kirib çiqişiga halal beradi.

“Buyoda qöyilgan yöl tösiqlarini [qöyiş uçun] ruxsatnoma böladimi deb bular [avtomobil haydovçi mahalliy aholi] söragan, ruxsatnoma bölişi mumkin emas. Çunki bu öt öçiruvçi yoki tez yordam maşinalarining kirişiga halal berişi tuşuntirilgan.

Tezlik bilan kirişi kerak bölgan joylarda tez yordam maşinalari kirolmay qolgan bölişi mumkin. Prokuratura, IIO, FVX(favqulodda vaziyatlar xizmati) xodimlari birgalikda bu tadbirni olib borişlarini töğri deb öylayman. Çunki har xil tösiqlarning qöyilişi hamma uçun ham noqulayliklarni keltirib çiqaradi”,– deydi Mirzo Uluğbek tumani “Oqibat” MFY raisi Muyassar Yöldoşeva.

Aytiş lozim, 2022 yilda hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi şakldagi yöl harakati qoidalarining 4-bandiga köra, yöl harakati qatnaşçilari yöldagi boşqa harakat qatnaşçilarining harakatlanişiga tösqinlik qilmasligi va xavf tuğdirmasliklari kerak.