07:23 / 29.09.2022
5596

Talabalikka tavsiya etilganlarning testda to‘plagan o‘rtacha balli ma’lum qilindi

Joriy yilda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha ballari 101,2 ballni tashkil etdi.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha) quyidagicha:

  • Buxoro viloyati — 107,63 ball;
  • Farg‘ona viloyati — 106,52 ball;
  • Xorazm viloyati — 104,3 ball;
  • Toshkent shahri — 103,43 ball;
  • Namangan viloyati — 102,32 ball.

Talabalikka tavsiya etilgan joriy yil bitiruvchilarining test sinovida to‘plagan o‘rtacha ballari 110,7 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar:

  • Buxoro viloyati — 117,45 ball;
  • Farg‘ona viloyati — 115,64 ball;
  • Toshkent shahri — 113,28 ball;
  • Navoiy viloyati — 113,11 ball;
  • Namangan viloyati — 111,55 ball.

Top