Umumta’lim fanlaridan test sinovlarini o‘tkazish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining «Hukumat ayrim qarorlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: iStock
2020 yil 1 dekabrdan boshlab bakalavriat yo‘nalishlariga mos keladigan fanlar to‘plamining umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan.
Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi QR-kod qo‘yilgan sertifikat test natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab bir kunlik muddat ichida yuboriladi.
A+, A, B+, V, C+, C darajadagi sertifikatlar beriladi. Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi.
Unga ko‘ra:
- 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
- 65-69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
- 60-64,9 ball olgan talabgorga V+ daraja;
- 55-59,9 ball olgan talabgorga V daraja;
- 50-54,9 ball olgan talabgorga S+ daraja;
- 46-49,9 ball olgan talabgorga S darajali sertifikat beriladi.
Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda, A+ va A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi, boshqa darajadagi sertifikat olgan abituriyentlarga ballar maksimal ballga nisbatan proporsional hisoblanadi.
Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga eng yuqori ball beriladi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00
-
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi
O‘zbekiston | 20:57
-
KXDR ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar tufayli turizmni chekladi - OAV
Jahon | 20:55
-
Litvadagi o‘quv mashg‘ulotlarida bedarak yo‘qolgan uch nafar amerikalik harbiyning jasadi topildi
Jahon | 20:53
Mavzuga oid

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi

17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi

18:39 / 11.10.2024