12:21 / 27.12.2022
8732

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega 10 ta davlat ma’lum qilindi

O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi – 2,8 mlrd dollar.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2,4 mlrd dollar hamda 1,4 mlrd dollarlik savdo aylanmasi bilan Xitoy va Turkiya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Qozog‘iston – 1,3 mlrd;
  • Qirg‘iziston – 866 mln;
  • Afg‘oniston – 665 mln;
  • Tojikiston – 463 mln;
  • Kanada – 212 mln;
  • Turkmaniston – 184 mln;
  • Eron – 130 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
Top