Rossiya 2014 yildan beri minglab ukrainalik fuqarolarni noqonuniy qölga olgan. Bu haqda 25 aprel, payşanba kuni Venada taqdim etilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT)ning Moskva mexanizmi hisobotida aytiladi. Unda qayd etilişiça, Rossiyaning Ukraina fuqarolarini qölga olişi 2014 yilda Qrimda boşlangan va 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumidan keyin davom etmoqda. Hisobot mualliflarining fikriça, bu bilan Rossiya tomoni insoniyatga qarşi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar sodir etgan.
Fevral oyi oxirida YeXHTga a’zo 57 davlatdan 45 tasi ekspertlarga Ukraina fuqarolarining Rossiya rasmiylari tomonidan ta’qib qilinişi bilan boğliq vaziyat böyiça hisobot tayyorlaşni topşirdi. Şu bilan birga, YeXHT tergovni u olib borilayotgan davlatning roziligisiz ötkaziş imkonini beruvçi mexanizmni işga tuşirdi.
Huquqşunoslar - Çexiyalik Veronika Bilkova, norvegiyalik Sesili Xellestveyt va latviyalik Elina Ştaynert 2014 yilda Qrim Rossiya tarkibiga ötganidan keyin qança odam qölga olinganini aniqlay olmadi. Biroq, ularning soni minglab, deydi ular hujjatlar, şuningdek, Ukraina rasmiylari, jabrlanuvçilar va guvohlarning bayonotlariga asoslanib. Mahkumlar kamsitiş, qiynoqqa soliş va jinsiy zöravonlikka duçor böladi. Mutaxassislar, şuningdek, hibsga olingan tinç fuqarolarning ölimi haqidagi hujjatlaştirilgan holatlarga ham işora qildi.
Tinç aholini noqonuniy ravişda ommaviy hibsga oliş «Rossiyaning vaqtinça egallab olingan hududlardagi strategiyasining belgilovçi xususiyati bölib körinyapti», deyiladi hisobotda. Hibsga olinganlarning köpçiligi Ukraina armiyasini qöllab-quvvatlaganlikda yoki Rossiya harbiy amaliyotiga qarşi çiqqanlikda ayblanmoqda. Mutaxassislarning fikriça, uşlaşlar qörquv uyğotiş va odamlarni yangi hokimiyat bilan hamkorlik qilişga majburlaşni maqsad qilgan.













