O‘zbekiston | 11:03 / 01.07.2023
81187
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 3-5 iyul kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 iyulda +22...+27 daraja, 4-5 iyulda +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 iyulda +21...+26 daraja, 4-5 iyulda +17...+22 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 4 iyulda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin Harorat 3 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +36...+41 daraja; Surxondaryo viloyatining ba’zi joylarida +42...+43 daraja, 4-5 iyulda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 iyulda +20...+25 daraja, 4-5 iyulda +17...+22 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 iyulda +13...+18 daraja, 4-5 iyulda +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid