Jamiyat | 16:17 / 03.10.2015
8454
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Milano: O‘zbekcha qo‘shig‘im xit bo‘lsa, qolaman

O‘zbekistonlik qo‘shiqchi, ayni paytda chet elda ijod qilib kelayotgan Sardor Milano, agarda uning o‘zbek tilida kuylangan qo‘shiqlaridan biri xit bo‘lsa, Toshkentda qolishini ma'lum qildi. Bu haqda u Sayyod.com saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Afsuski, 10 yildan beri bu yerda yashamayapman va maktabdanoq tahsil olgan dargohlarim hammasi rus tilida bo‘lgan”, - dedi u.
“Men O‘zbekistonda yakkaxon konsert berish niyatida keldim, - so‘zida davom etdi yosh san'atkor. - Hayot va ijodimdagi bu birinchi yakkaxon konsertim xisoblangani uchunam men uchun bu juda muhim voqea.

Shuning uchunam o‘z vatanimdan konsert berishni boshlashga qaror qildim”.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Milano shu yili Rossiya telekanalining “Glavnaya stsena” loyihasi g‘olibi bo‘lib, shuhrat qozondi.