O‘zbekiston | 10:00 / 19.09.2023
9232
4 daqiqa o‘qiladi

Tez va sifatli: gipsoakril panellari yordamida intererni ta’mirlash trendda!

Foto: Ecoplit

Ecoplit kompaniyasi ishlab chiqarayotgan gipsoakril bu siz uchun yaxshi tanish bo‘lgan gipsokartonning kelajagidir.

Gipsoakrilning ustunlik tomoni - uning ustki qoplamasi oddiy karton emas, balki tayyor bo‘yalganligidadir. Ya’ni unga maxsus ishlovlar va rang berish shart emas. Gipsoakrilni didingizga qarab rangini tanlaysiz va devoringizga shunchaki o‘rnatasiz. Bu esa uyni ta’mirlashdagi xarajatlaringiz va vaqtingizni bir necha barobarga kamaytiradi.

Gipsoakrilni o‘rnatishning turli uslublari bor. Ulardan eng ma’quli bu tutashmalardagi maxsus qoplamalardir. Ularni ham gipsoakrilning rangi va uslubiga qarab tanlash mumkin. Ba’zida bu qoplamalar xonaning uslubini to‘ldirib turuvchi element sifatida ham ishlatiladi. Gipsokarton bilan ishlaydigan ustalar hech qanday qiyinchiliklarsiz gipsoakril panellarini ham o‘rnatishlari mumkin. 

Hozirda gipsoakrildan interer dizaynerlar keng foydalanishmoqda. Bu mahsulot ularga intererning yangicha uslubini yaratish va ta’mirlash ishlarini sifatli hamda tez tugatish imkonini beradi.

Gipsoakril panellarini qayerlarda ishlatish tavsiya etiladi?

Odatda gipsoakril panellarini kattaroq maydonga ega bo‘lgan inshootlarda ishlatish foydaliroqdir. Bularga: universitetlar, maktablar, ofislar, klinikalar va mehmonxonalar kiradi.

Yuqorida aytilganidek gipsoakril panellari katta hajmga ega bo‘lgan maskanlarni tez va sifatli ta’mirlash imkonini beradi. Shu sabab bu mahsulotga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda.  

Nozik did va zamonaviy dizaynni yaxshi ko‘radigan insonlar ham aynan gipsoakrilni tanlashmoqda. Buning sababi esa oddiy, gipsoakril panellari yordamida eski yoki yangi uylarning devorini o‘zgacha uslub bilan ta’mirlash mumkin. Shuningdek, panellar xona haroratini ushlab turish, dog‘ va kir bo‘lganida esa bemalol artib tozalash xususiyatiga ham egadir.

Ta’mirlash ishlarida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga odatlangan Ecoplit kompaniyasi fasad tizimida ham yangilik qila olgan. Ularning fibrosement mahsulotiga nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham talab kattadir. Ayniqsa qo‘shni mamlakatlarning yirik inshootlarini ustki qismini qoplashda fibrosement panellari ishlatilmoqda. Tojikistondagi Aloqa vazirligi binosi ushbu so‘zimizga isbot bo‘la oladi. 

Shu kunlarda esa Ecoplit o‘ta zamonaviy va uzoq muddat xizmat qila oladigan plintuslarni bozorga chiqarmoqda. Ecoplit plintuslari yengil va sifatli metaldan ishlab chiqarilishi sababli, odatiy plastik plintuslarga nisbatan bir necha bor uzoq muddat xizmat qilib beradi. Shuningdek, vaqt o‘tgani sari u sifatini va rangini yo‘qotmaydi.

Ta’mirlash ishlarida doimo innovatsiya qilishga odatlangan Ecoplit kompaniyasi bilan hamkorlik qilish va mahsulotlariga buyurtma berish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

Telefon: +998 78 113 14 00

Bizning sahifalar: Instagram, Telegram

Manzillarimiz:

Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasi, «Ducat» turar-joy majmuasi.

Yunusobod tumani, 18-mavze, THAY (Gvardeyskiy), 50-A bino ikkinchi qavati

Yunusobod tumani, Usta Shirin va Bog‘iravon ko‘chalari tutashuvi, «Usta Shirin» turar-joy majmuasi

Samarqand shahar, Rudakiy ko‘chasi ,187

Reklama