Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
Sinoptiklar 18-20 sentabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, 18 sentabrda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 19 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 18 va 20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 18 va 20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 18 va 20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19 sentabrda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 20 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:55 / 15.11.2024
16 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
11:46 / 14.11.2024
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024