O‘zbekiston | 14:50 / 18.07.2024
5679
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Qirg‘iziston prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

Mavzuga oid