Dam olish kunlari harorat pasayadi
O‘zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat +17…+22 darajagacha pasayadi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi.
Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati juma kuni kunduzi +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Shanba kuni esa +22…+27 darajagacha, yakshanba kuni +17…+22 darajagacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda 17 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18 mayda kunning ikkinchi yarmida, 19 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati juma kuni +28…+30, shanba kuni +22…+24, yakshanba kuni esa +17…+19 daraja bo‘ladi. 18−19 may kunlari shamol tezligi 15−17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Mavzuga oid
11:46
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024