Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi
Sud uni tuhmat, tovlamachilik va o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda aybdor deb topdi.
4 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Yashnobod tuman sudi 42 yoshli bloger Murod Maxsudovni 7,5 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi.
Poytaxt sudlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismining «a» va «g» bandlari (Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab, g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilingan tuhmat), 165-moddasi 2-qismining «b» bandi (Ko‘p miqdorda tovlamachilik) va 167-moddasi 2-qismining «b» va «g» bandlari (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha aybdor deb topildi.
Shu bilan birga, sud Murod Maxsudovni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1 va 2-qismlari (Ancha miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan firibgarlik) bo‘yicha aybsiz deb topdi va reabilitatsiya qildi.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Mavzuga oid
15:20 / 02.09.2024
Eronda tviti oyatullohning postidan ko‘proq layk olgan bloger 12 yilga qamaldi
10:37 / 10.08.2024
Putin blogerlarga Roskomnadzorga o‘zi haqida xabar berish majburiyatini yukladi
20:06 / 07.08.2024
Rossiyada sobiq harbiy xizmatchi Qurolli kuchlarni tanqid qilgani uchun qamoqqa olindi
08:01 / 30.07.2024