Tug‘ma yurak kasalligi tashxisi qanchalik tez qo‘yilsa, davolash shuncha osonroq bo‘ladi
Har yili millionlab bolalar yurak va qon tomirlarining anatomik anomaliyalari bilan dunyoga keladi. Tug‘ma yurak nuqsonlarining 200 dan ortiq turi bor, ba'zilari yengil shaklda bo‘lib, boshqalari esa bolaning hayotiga xavf soladi. Eng keng tarqalgan anomaliyalar orasida atrial va interventrikulyar septal nuqsonlar, ochiq arterial kanal, klapan patologiyasi mavjud.
Kasallikning jiddiy shakllarida, to‘g‘ri davolanish amalga oshirilmasa, chaqaloqlarning birinchi oylaridayoq 70-80 foizi o‘lishadi. Biroq, agar diagnostika o‘z vaqtida o‘tkazilsa, zamonaviy diagnostikalar yordamida davolashning eng yangi usullari orqali bolani to‘liq davolash mumkin.
Acıbadem universitetining bolalar yurak-qon tomir xirurgiya bo‘limining boshlig‘i, Acıbadem Bakirkoy shifoxonasi yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limi boshlig‘i professor Tayyar Sariog‘lu qanday qilib bolalarda kasallikning aniqlanishi, ilk alomatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bolaning yuragidagi patologik o‘zgarishlarning asosiy sababi genetik omil hisoblanadi. Agar ota-onadan biri qattiq yurak kasalligiga chalingan bo‘lsa, unda yangi tug‘ilgan chaqaloq ham ayni kasallikka duchor bo‘lishi mumkin.
Ammo nafaqat genetika kasallikka olib kelishi mumkin. Tug‘ma yurak kasalligi bo‘lgan bolalar diabet kasalliklari, homiladorlik davrida og‘ir virusli infeksiyalar o‘tkazgan ayollar, chekuvchilar, spirtli ichimliklar va ba'zi dorilar foydalanuvchilari va rentgen nuriga duch kelgan ba'zi ayollardan tug‘iladi. Xavf omillariga 35 yoshdan oshib tug‘adigan ayollar, EKO, Daun sindromi shaklida xromosoma anomaliyalari mavjud bolalar kiradi.
Yurak kasalligi har qanday homiladorlik davrida rivojlanishi mumkin, lekin 6-8 hafta eng xavfli hisoblanadi. U davrda yurak va klapanlarning bo‘linmalari shakllanadi va har qanday salbiy omil ularga ta'sir qilishi mumkin.
Bolada tug‘ma yurak nuqsoni borligiga oid aniq belgilar mavjud. Professor Tayyar Sariog‘lu bunday kasallik bilan tug‘ilgan chaqaloqning birinchi oyida har uchinchi bolada uchraydigan va e'tiborga olinishi kerak bo‘lgan eng muhim belgilarni aytib o‘tadi. Bunga quyidagilar kiradi:
• lablar, quloqlarda va tirnoq ostidagi terining ko‘karishi;
• tez nafas olish, nafas olish paytida qovurg‘alarning siqilishi;
• charchoq, ko‘krak qafasidagi suyuqlik;
• ishtahaning pastligi, tana vazni ortishining sustligi;
• charchoq;
• nafas olish yo‘llari infeksiyalariga sezuvchanlik.
Bu simptomlar ko‘pincha keyinroq paydo bo‘ladi, eng ko‘p hollarda esa o‘smirlik davrida paydo bo‘ladi. Tug‘ma yurak kasalligi bo‘lgan bolalarda nafas qisilishi, ko‘krak qafasi og‘rishi va tez-tez yurak urishi, tez charchash kuzatiladi.
Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, bugungi kunda juda murakkab yurak nuqsonlarini davolash mumkin. Ba'zi hollarda, yurakka kirish uchun faqatgina kichik kesmalar qilinadi, bu kasalxonada qolish muddatini qisqartiradi, tezda tiklanishni osonlashtiradi. Agar bolaning ko‘kragi yaxshi rivojlangan bo‘lsa, unda jarohatlarning oldini olish uchun robotik jarrohlik usuli qo‘llaniladi.
Intervensial kardiologiya, klassik jarrohlik usuli o‘rniga kateter qo‘llanilganda yurakdagi teshiklarni ta'mirlash, yurak qopqoqlari va tomirlarining torayishini yo‘qotish, qon tomir teshiklarini yopish va g‘ayritabiiy tomirlarni to‘g‘rilash, shuningdek, yurak qopqog‘i protezlarini qo‘yish uchun ishlatiladi.
Zamonaviy diagnostik usullar homiladorlikning 16-haftasida qorindagi chaqaloqning yuragini ultratovush tekshiruviga imkon beradi. O‘zgarishlar aniqlansa, ota-onalar nafaqat psixologik jihatdan tayyorlanishi, balki shifokor bilan birgalikda kelajakda davolanishni rejalashtirishi mumkin.
Acıbadem shifoxonasida ishlatiladigan, kislorodning to‘yinganligi yordamchi tashxisni anglatadi, u bola hayotining birinchi oyidagi anomaliyalarni aniqlashga yordam beradi. Tug‘ilgandan keyin 24-48 soat ichida kichik proba yordamida, bolaning barmoqlari yoki oyoqlarida kislorodning to‘yinganligini aniqlaydilar. Agar muammo aniqlansa, ekokardiografiya o‘tkaziladi va aniq tashxis qo‘yiladi.
Ko‘plab bolalarning yuragini davolab, ularning hayotini saqlab qolgan professor Tayyar Sariog‘lu shunday deydi. O‘smirlik davrida jismoniy mashqlar yoki og‘ir jismoniy mashqlar talab qiladigan sport turlari vaqtida to‘satdan yurak xuruji yuz berishi mumkin. Ko‘pincha bunday hollarda aorta (asosiy arteriya) torayishi yoki koronar tomirlardagi anomaliyalari sabab bo‘ladi. Bu barcha nuqsonlar osongina yo‘q qilinadi.
O‘lim oqibatlarini bartaraf etish uchun sport musobaqalarining ishtirokchilari ekokardiografiya, stress EKG hamda ehtimol kompyuter va magnit rezonans tomografiya tavsiya etiladi.
Har bir bemor maslahat olish va Turkiyaga davolanish uchun jo‘nab ketishda Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ining Toshkent shahridagi vakolatxonasidan maslahat olishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 19 uy
Telefon: +99895 144 54 45
Shuningdek, ushbu rasmiy sayt orqali ham barcha ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 15.01.2019
Odam papillomasi virusi haqida nimalarni bilish zarur? Acıbadem shifoxonasi professoridan muhim tavsiyalar
09:00 / 03.12.2018
Siydik pufagi saratonining oltita muhim alomati
10:00 / 08.10.2018
Acıbadem klinikalarida millimetrli aniqlik: kiber-pichoq
16:40 / 13.09.2018