O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi 10 ta ilmiy laboratoriya ochiladi
Sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan tashkilotning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida O‘zbekistonning 2030 yilgacha sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasining taqdimoti tashkil etildi.
BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda BMT rahbariyati, turli ekspertlar, shuningdek, Nyu-Yorkda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan axborot texnologiyalarini rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Yig‘ilganlarga O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish, sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi 10 ta ilmiy laboratoriya ochish, tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash rejalari haqida so‘zlab berildi.
Tadbir yakunida ushbu jabhadagi O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
15:36 / 07.12.2024
2017-2023 yillarda O‘zbekistonning umumiy eksporti 120 mlrd dollarni tashkil etdi
00:51 / 04.12.2024
WSJ: Google qidiruv tizimidan foydalanish kamaymoqda
22:39 / 30.11.2024
Sun’iy intellekt oldin noma’lum bo‘lgan ekstremal iqlim hodisasini aniqladi
21:08 / 29.11.2024