Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya maktablarida sun’iy intellekt yordamida yozilgan darsliklar joriy qilinadi
2025 yil boshidan SI darsliklaridan ingliz tili, matematika va informatika fanlarini o‘rganish uchun foydalaniladi.
Janubiy Koreya Ta’lim vazirligi birinchi marta sun’iy intellektga asoslangan 76 ta raqamli darslikni tasdiqladi. Yangi materiallar boshlang‘ich va o‘rta maktablarda o‘qitish uchun mo‘ljallangan, deb xabar berdi ITHome.
Sun’iy intellekt (SI) yordamida yozilgan darsliklar 2025 yilgacha dasturga kiritiladi - ular matematika, koreys, ingliz va informatika fanlarini o‘rganishda qo‘llaniladi. 2028 yildan boshlab tarix, biologiya, geografiya va texnologiya fanlarini o‘qitishda ham aqlli kitoblardan foydalaniladi.
Ta’kidlanishicha, Samsung va LG kompaniyalari sun’iy intellekt darsliklarini ishlab chiqadi va nashr etadi. Interfaol kitoblar turli tillarga va subtitrlarga tarjima qilishni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilar bilimini baholashi mumkin bo‘ladi.
Umumiy ta’lim tizimiga sun’iy intellektning joriy etilishi undan foydalanish har doim ham tijorat maqsadlarida bog‘liq emasligini ko‘rsatadi, deb yozdi ITHome. Neyron tarmoqlar yordamida samarali ta’lim olish mumkin. Ehtimol, yaqinda boshqa davlatlar ham xuddi shunday yo‘l tutadi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
G‘arb razvedkasi SI kiberhujumlarining yangi tahdidi haqida ogohlantirdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
17:04 / 22.06.2026
Sun’iy intellekt va bilim illyuziyasi: Nega yosh mutaxassislar o‘sishdan to‘xtab qolmoqda?
21:55 / 15.06.2026