Yo‘l kameralari ishida xato topgan shaxs jarimaga tortildi
AQSh fuqarosi svetoforlar ishiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklifi tufayli jarimaga tortildi. Shvetsiya harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan Mets Yarlstrom svetofor signallari va qoidabuzarliklarni aniqlovchi yo‘l kameralari o‘rtasidagi bog‘liqlikda qator xatolar borligini aniqladi. Bu haqda "Adolat" instituti sayti xabar bergan.
Oregonda yashovchi Yarlstrom o‘z tadqiqotini bir necha yil muqaddam – rafiqasi svetoforning taqiqlovchi signaliga qaramay chorrahadan o‘tib ketgani sabab jarimaga tortilganidan so‘ng olib borishni boshlagan. U sariq va qizil signallarning yoqilish algoritmini o‘rganishni boshladi hamda svetoforlarning ishlash sxemasi 1950-yillar oxirida ishlab chiqilgani va hozirga qadar undan foydalanib kelinayotganini aniqladi.
Yarlstromning fikricha, algoritmlar qoidabuzarliklarni aniqlovchi yo‘l kameralari paydo bo‘lganidan so‘ng o‘zgarishi kerak edi, sababi ba'zi insonlar asossiz ravishda jarimaga tortilmoqda. Tizim chorrahadan qizil chiroqda o‘tib ketadigan mashinalar (ya'ni, yo‘ldan to‘g‘riga qarab harakatlanuvchi transport)ni aniqlashga qaratilgan. Biroq u avtomobil o‘ngga burilishi kabi holatlarni hisobga olmaydi.
Haydovchi chorrahaga yaqinlashgan paytda ogohlantiruvchi sariq chiroqni ko‘rganida, sekinlashishi va stop-chiziqda to‘xtashi kerak. Biroq, Yarlstromning fikriga ko‘ra, agarda inson bu paytda burilayotgan bo‘lsa, u qizil chiroq va kamera yoqilgan paytda chorrahada bo‘lishi mumkin hamda ular uning taqiqlovchi signalga o‘tib ketganini ro‘yxatga oladi.
Tadqiqotchining fikricha, svetoforning sariq chirog‘i, yo‘lni ruxsat beruvchi signalda o‘tgan va qizil chiroq yoqilguniga qadar burilishga ulgura olmaganlar uchun jarima solinishi ehtimolini yo‘qqa chiqarish maqsadida ko‘proq yonib turishi kerak.
Yarlstrom svetoforlar ishiga oid o‘z algoritmini ishlab chiqdi va shtat hukumatiga taklif kiritdi. Bundan tashqari, u Oregon shtati muhandislik va yer boshqaruvi ekspertlar Kengashiga ham murojaat qildi. Kengash Yarlstromning taklifini ko‘rib chiqdi hamda uni 500 dollarga jarimaga tortdi – tadqiqotchi “litsenziya olinmagan muhandislik amaliyotida” ayblandi.
Endilikda Yarlstrom Oregon shtati hukumati bilan sudlashishi mumkin.
Mavzuga oid
23:44 / 31.10.2024
Respublikachi Shvarsenegger saylovda demokrat Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlashini aytdi
22:23 / 30.10.2024
AQSh Rossiya «do‘stlariga» qarshi sanksiyalar kiritdi
22:15 / 29.10.2024
AQSh va Yevropa nima sababdan turlicha iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelyapti?
22:11 / 29.10.2024