O‘zbekiston | 15:37 / 16.07.2021
12528
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlarida kuchli issiq bo‘lishi kutilmayapti

«O‘zgidromet» dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi kutilayotganini ma'lum qildi.

«O‘zgidromet»ning ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda 16 iyul kuni iyul oyining o‘rtasidagi qiymatlar uchun me'yoridan past bo‘lgan havo harorati bilan chilla uchun xos bo‘lmagan ob-havo kuzatilmoqda. Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlari bo‘yicha kun davomida havoning o‘zgarishi saqlanib turadi.

Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 30–33 daraja, shimolda va janubda 36–39 darajagacha issiq bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari salqin havo massasi O‘zbekiston hududi chegarasidan chetga chiqadi va havo harorati me'yoriy qiymatlargacha ko‘tariladi. Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlarida, asosan, kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari 35–38 darajagacha isiydi.

Shanba va yakshanba kunlari nafaqat Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida, shuningdek Qirg‘izistonning tog‘li hududlarida, Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

«Bu mahalliy yomg‘irlar Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel toshqinlari shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun «O‘zgidromet» aholiga ushbu hududlarda joylashgan dam olish maskanlariga bormaslikni qat'iy tavsiya etadi», deya ogohlantirmoqda sinoptiklar.

Mavzuga oid