Samarqand shahri hududi kengayadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralari o‘zgartirilishi mumkin.
Samarqand viloyati Samarqand tumani hududidagi 253,7 gektar (“Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi – 253,7 gektar) yer maydoni Samarqand viloyatining Samarqand shahri tarkibiga o‘tkaziladi.
Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumanining ma'muriy hududi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan tavsiflar va grafik chizmalari asosida tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror bajarilishi bilan bog‘liq barcha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
16:00 / 04.10.2024
Samarqandda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlar rahbarlari kengashi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
07:15 / 02.10.2024
Samarqand arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi
07:10 / 02.10.2024
Tel-Aviv - Samarqand - Toshkent aviaqatnovi majburiy kechiktirildi
12:40 / 01.10.2024