Prezident Xorazm viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga ikki kunlik safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Prezident tashrifning oxirgi qismida Urganch shahri markazidagi Al-Xorazmiy va Pahlavon Mahmud ko‘chalari kesishmasidagi maydonga tashrif buyurib, qurilish loyihalari bilan tanishdi.
Bu yerda Jaloliddin Manguberdi memorial bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.
Prezident Jaloliddin Manguberdi haykali buyuk bobomizning jasorati va shonu shavkatiga mos mahobatli bo‘lishi, uning atrofidan nur taralib turishi kerakligini ta'kidlagan.
«Bu maydonda tariximiz namoyon bo‘lishi, u Xorazmning «tashrif qog‘ozi»ga aylanishi kerak. Shuning uchun tarixchi olimlar bilan maslahatlashib, maydonni chuqur mazmunli, chiroyli, jozibali qilish zarur», - deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.
Prezident bog‘ hududini kengaytirish va obodonlashtirish, har bir elementda qadimiylikni aks ettirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan.
Shu yerda Urganch shahri markazini batafsil rejalashtirish, ko‘p qavatli uy-joylar qurish, issiqlik va ichimlik suvi ta'minotini yaxshilashga doir loyihalar bo‘yicha ham ma'lumot berilgan.
Shu bilan prezidentning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.
Mavzuga oid
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
10:31 / 15.11.2024
Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
15:37 / 07.11.2024