D213 «Urganç — Xonqa — Hazorasp — Toşsoqa — Amudaryo — A380» avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş loyihasi 294,1 million dollarga baholanmoqda. 

Prezidentning 13 noyabrdagi qaroriga köra, yölning bir qismi (0−81 km) rekonstruksiya qilinadi.

Loyihani amalga oşiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan 18 yil muddatga, tört yillik imtiyozli davr bilan 238 million dollar miqdorida kredit jalb etildi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 2041 yil noyabrigaça Özbekiston bankka asosiy qarz va foizlar uçun 382,68 million dollar tölaşi kerak.

Uning realizatsiyasi 2 yillik kafolat muddati bilan 5 yilni (2024−2029) taşkil etadi.

Dastlabki örganiş natijalariga köra, xarajatlarni 32,7 million dollargaça optimallaştiriş imkoniyati aniqlangan. Mazkur mablağ Xorazm viloyatidagi D217 «Urganç — Gurlan — Manğit — Turkmaniston Respublikasi çegarasi» avtomobil yölining 5 — 75 kilometrlik qismini rekonstruksiya qiliş loyihasiga yönaltiriladi.

Prezident loyihaning texnik-iqtisodiy körsatkiçlarini va YeTTB krediti böyiça prognoz tölov jadvalini tasdiqladi.

Xorazm viloyati hokimligiga qömita bilan birgalikda yaşil hududlarni taşkil etiş maqsadida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yöllarining yölböyi hududlarida iqlim şaroitlarini hisobga olgan holda 30 ming tup manzarali daraxt va buta köçatlarini ekişni ta’minlaş topşirildi.