Erdo‘g‘an Turkiya Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olmasligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olmasligini va Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Erdo‘g‘an Turkiyaga tashrif buyurgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida shunday bayonot bergan.
“Turkiya Ukrainani mintaqamiz barqarorligi va xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan asosiy mamlakat deb biladi. Shuning uchun biz doimo Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlaymiz”, deya ta'kidlagan Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Anqara yarimorolning “qo‘shib olinishini” tan olmaydi va Ukraina bilan birgalikda “Qrim tatarlarini qo‘llab-quvvatlaydi”.
O‘z navbatida, Zelenskiy Erdo‘g‘anga yarimorolni Ukrainaga qaytarishga qaratilgan Qrim platformasi loyihasida ishtirok etishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirgan.
Mavzuga oid
00:06 / 12.09.2024
Erdo‘g‘an: Turkiya hech qachon Qrim anneksiyasini tan olmaydi
09:05 / 03.08.2024
Erdo‘g‘an: 2024 yilgi Olimpiada ochilish marosimi g‘azabga sabab bo‘ldi
23:21 / 29.07.2024
“Ritorikalar bemaqsad bo‘lmaydi” - Erdo‘g‘anning Isroilga tahdidi qanchalik jiddiy?
07:32 / 29.07.2024