Samarqandda fuqarolarni AQShga noqonuniy yo‘llar bilan yuboruvchi jinoiy guruh a’zolari ushlandi
Samarqandda fuqarolarni AQShga yuboruvchi jinoiy guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Samarqand viloyati IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, O‘zbekiston fuqarolarini aldov yo‘li bilan Turkiya va Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga noqonuniy yuborish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Samarqand tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan X.D. AQShda istiqomat qiluvchi jinoiy sherigi, 1978 yilda tug‘ilgan X.J. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroni 40 000 AQSh dollari evaziga, aylanma yo‘llari orqali AQShga yuborishni va’da qilib, oldindan kelishilgan mablag‘ning 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024