O‘zbekiston | 15:33 / 23.01.2021
8109
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda vazifasini lozim darajada bajarmagan 3108 nafar mas'ul xodim javobgarlikka tortilgan

2020 yilda prezident Xalq qabulxonalarining taqdimnomalari asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vazifasini lozim darajada bajarmagan 3108 nafar mas'ul xodimi javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Kun.uz’ga prezident Xalq qabulxonasi xabar berdi.

Foto: Oleg Prasolov

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyati tizimli o‘rganilib, ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan 3353ta taqdimnoma kiritilgan. 

Taqdimnomalarga asosan 3108 nafar mas'ul xodim javobgarlikka tortilgan, shundan 201 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 286 nafariga jarima qo‘llanilgan, 1467 nafariga hayfsan e'lon qilingan, 1154 nafar mas'ul xodim esa rasman ogohlantirilgan.

Bundan tashqari, 2020 yilda prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar ijrosi bo‘yicha xalq deputatlari kengashlari majlislariga Xalq qabulxonalari tomonidan 743ta axborot kiritilgan. Unga ko‘ra 1759 nafar sektor yoki davlat idoralari rahbarlarining hisobotlari eshitilgan.

Kiritilgan axborotlar va eshitilgan hisobotlar natijasi bo‘yicha 752 nafar mas'ul xodim aholi murojaatlari bilan talablar darajasida ishlamagani uchun javobgarlikka tortilgan. Ularning 26 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 20 nafariga jarima qo‘llanilgan, 89 nafariga hayfsan e'lon qilingan, 617 nafar mas'ul xodim esa rasman ogohlantirilgan.

Mavzuga oid