O‘zbekiston | 14:52 / 17.07.2021
11216
2 daqiqa o‘qiladi

Litseylarga qabul imtihonlari sentyabrga qoldirildi

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli akademik litseylarga kirish imtihonlari avgust oyidan sentyabr oyiga ko‘chirildi. OTMlarga qabul imtihonlari esa belgilanganidek avgustda o‘tkazilishi ma'lum qilindi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi to‘xtatilgani bois akademik litseylarga dastlabki saralash va asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ko‘chirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligidan ma'lum qilishlaricha, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi joriy yil sentabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilmoqda. Imtihonlarning aniq sanasi keyinroq e'lon qilinadi.

Ayni paytda, oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari ham o‘tgan yilda bo‘lgani kabi bu yil ham sentyabr oyida o‘tkazilishi haqida tarmoqda tarqalgan xabarlarni Davlat test markazi rad etdi.

“Bu bo‘yicha shuni ma'lum qilamizki, oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari sentabr oyiga surilgani yo‘q va imtihonlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan”, – deyiladi DTM axborotida.

Mavzuga oid