O‘zbekiston | 23:36 / 25.05.2024
7625
2 daqiqa o‘qiladi

Boshqirdiston va O‘zbekiston 95 banddan iborat hamkorlik yo‘l xaritasini imzoladi

Yo‘l xaritasida yog‘och materiallari ishlab chiqarish zavodini qurish, metallurgiya, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik sohasi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Foto: forum-zaurale.com

Rossiyaning Boshqirdiston hududi va O‘zbekiston «Trans-Ural–2024» umumrossiya sarmoyaviy sabantuyi davomida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Hujjat 95 bandni o‘z ichiga oladi, deb xabar qildi MIR24.

«Forumda 15 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etmoqda, qiziqish ortib borayotganini ko‘ryapmiz. Bu osonlik bilan sodir bo‘lmaydi va ma’lum bir hududning investitsiya jozibadorligini oshirish uchun ko‘p harakat qilish kerak», dedi yig‘ilishni ochar ekan, Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov.

Yo‘l xaritasida Sibayda yog‘och materiallari ishlab chiqarish zavodini qurish, metallurgiya, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik sohasi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Dilshod Ahmedovning ta’kidlashicha, tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish niyatida.

«Oxirgi 5 yil ichida tovar ayirboshlash hajmi 3 barobarga oshib, 170 million dollarga yetdi va biz uni 1 milliard dollarga yetkazmoqchimiz. Shu maqsadda ikkinchi yo‘nalishimiz ulgurji tarqatish markazlari bo‘ladi», dedi u.

Mavzuga oid