2024 yil yakunlariga köra, Özbekistonga jalb qilingan investitsiyalar hajmi ötgan yilga nisbatan 49 foizga kamaydi va 4 milliard dollarni taşkil qildi. Bu haqda BMT huzuridagi Osiyo va Tinç okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan e’lon qilingan hisobotda (.pdf) ma’lumot keltirildi.
Qayd qilinişiça, 2024 yilda Qozoğiston Şimoliy va Markaziy Osiyoda investitsiya jalb etiş böyiça yetakçiga aylandi — mamlakat yangi loyihalarga 15,7 milliard dollar jalb qildi. Bu esa investitsiyalar hajmi ötgan yilga nisbatan 88 foizga oşganini anglatadi. Umuman olganda, mintaqaga jalb qilingan barça investitsiyalar hajmining 63 foizi Qozoğiston hissasiga töğri keladi.
Röyxatning keyingi örinlarida quyidagi davlatlar joy olgan:
- Özbekiston — 4 milliard dollar (-49%);
- Qirğiziston – 2,1 mlrd dollar (+310%);
- Ozarboyjon — 1,2 milliard dollar (+1%);
- Turkmaniston — 339 million dollar;
- Gurjiston - 126 million dollar;
- Armaniston – 67 million dollar.
Ta’kidlanişiça, xalqaro kompaniyalar mintaqada, ayniqsa, raqamlaştiriş, texnologik innovatsiyalar va yaşil energiya sohasidagi loyihalarga qiziqiş bildirmoqda.
«Şu nuqtai nazardan, investitsiya agentliklari va tegişli vazirliklarning faol faoliyati alohida ahamiyat kasb etmoqda. Yangi yönalişlarning muvaffaqiyati nafaqat qulay siyosat yaratişga, balki barça bosqiçlarda investorlarni qöllab-quvvatlaşga, jumladan, investitsiyadan keyingi qöllab-quvvatlaşga ham boğliq», deyiladi hisobotda.

















