Jahon | 08:23 / 27.05.2024
14782
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa halok bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi

«Bizda hech qachon buncha ichki va tashqi dushmanlar bo‘lmagan. Biz o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davrda yashamoqdamiz: bizning Yevropamiz halok bo‘lishi mumkin», - degan Fransiya prezidenti Germaniyaga tashrifining ilk kunida.

​​​​​​​Fransiya prezidenti Emmanuel Makron. Foto: bfmtv.com

Fransiya prezidenti ko‘hna qit’a murakkab davrlarni boshdan kechirayotganini ta’kidlab, asosiy jihatlarga urg‘u berdi.

«Birinchidan, Yevropaga urush qaytdi. Bu Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasidir. Lekin biz Yevropa tinchlik degani deya ta’kidlab kelardik.

Ikkinchidan, biz Yevropaning maqsadi — qit’a iqtisodiyotni karbonsizlashtirish davrida yashamoqdamiz: biz iqlim haqida, iqtisodiy o‘sish va sanoatlashtirish to‘g‘risida qayg‘urishimiz kerak.

Uchinchidan, bizda demokratiyaning qandaydir tanazzul shakli kuzatilmoqda, buni tanamizda his qilmoqdamiz. Demokratiyalarning kuchli — insonlar tanlaydigan eng yaxshi yechimni topish uchun barcha masalalarda munozaraga kirish.

Lekin bizning o‘z demokratiyalarimizda eng murakkab onlarda tug‘ilayotgan avtoritarizmga ruju qo‘yishni ko‘rmoqdamiz. Avtoritarizm natsionalizm va boshqa unsurlar bilan sug‘oriladi, bir qarashda agar biz ham natsonalist bo‘lsak osondek tuyuladi. Lekin biz agar natsionalistlar boshqarganida Yevropamiz hozir qanday bo‘lishi mumkinligini unutib qo‘yyapmiz. Bizda Yevropani tiklash rejasi bo‘lmasdi. Bizda Yevropadagi migratsion muammolarga ta’sir qilish imkoniyati bo‘lmasdi. Bizda Yevropa yashil yo‘nalishi va karbosizlashtirishni boshqarish imkoniyati bo‘lmasdi. Agar natsionalistlar boshqarganida biz yevropaliklar bo‘lib tashlangan bo‘lardik. Nihoyat, biz Ukrainani dastaklashdan voz kechib, barcha mamlakatlarimizdagi natsionalistlar qilayotgani singari Rossiyani qo‘llab-quvvatlardik.

Biz demokratiyaga juda ko‘nikib qoldik. Biz natsionalistlar va demokratiya dushmanlariga demokratiyadan divident olish va bir vaqtning o‘zida uni qattiq tanqid qilishga qo‘yib bermoqdamiz. Biz demokratiyani himoya qilishimiz va iyun oyining boshida bo‘lib o‘tadigan Yevropa saylovlarida bu himoyani ta’minlay oladigan partiyalarga ovoz berishimiz kerak”, — degan Fransiya prezidenti.

Mavzuga oid