O‘zbekiston | 14:58 / 22.12.2021
10703
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaliqdagi konlarda 5 ming tonnadan ortiq oltin zaxirasi tasdiqlandi – prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bo‘lib turibdi. “Yoshlik I” koni va misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirgan prezident hudud faollari bilan uchrashdi va Olmaliqdagi konlar istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Katta-katta marralar oldik. Olmaliqda eng katta, mega loyiha bo‘ladi. Misni qayta ishlashning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yyapmiz. Olmaliqliklar, sizlar bilmaysizlar qanday boy odamsizlar. 

Faqat Olmaliqdagi tasdiqlangan konlar salohiyatini aytaman, boshqalarini hozircha aytmay turaman. Biz geologiya bo‘yicha o‘rganishlarni boshlaganimizda 16 mln tonnalik zaxira bor deb hisoblardik. Oltin bo‘yicha raqamlarga e’tibor bering – agar eng katta konimiz bo‘lgan Muruntovda 3 ming tonna oltin zaxiramiz bo‘lsa, Olmaliqdagi 5 ming tonnadan ortiq oltin zaxiralari borligi rasman tasdiqlandi.

Shu paytgacha Olmaliqda ikkita misni boyitish korxonasi bilan ishlab kelgan va uchinchisini ishga tushirmoqchi bo‘lgan bo‘lsak, bugun men topshiriq berdim, to‘rtinchi va beshinchi korxonalarni ham ishga tushiramiz. 

Tasavvur qilyapsizlarmi, shu paytgacha ikkita korxona bilan ishlab kelgan Olmaliq shahri kelajakda beshta yirik korxona bilan ish olib boradi. Uchinchi korxonani nasib qilsa 2023 yil mustaqillik bayramiga ochamiz. Olmaliq bugungi Olmaliq bo‘lmaydi”, – deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid