Sport | 11:00 / 27.05.2015
4322
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga Kataloniyadan legioner kelib qo‘shildi

Jasur Abduraimov boshchiligidagi 1997 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining navbatdagi yig‘ini "JAR" stadionida boshlandi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko‘ra, bir necha yildan beri Kataloniya chempionatida to‘p tepib, o‘z gollari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lib kelayotgan Sardor Yusupov ham yig‘inda qatnashish uchun Toshkentga yetib kelgan. "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Sardor yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay, Kataloniya chempionatida to‘purarlardan biri bo‘lib turibdi.