09:07 / 18.08.2015
1650

Istomin Tsintsinnati shahrida boshlangan “Masters” turkumidagi turnirning asosiy to‘riga chiqa olmadi

AQShning Tsintsinnati shahrida ATR tasnifiga kiruvchi “Masters” turkumidagi tennis turnirining asosiy to‘riga saralash bahsida o‘zbekistonlik Denis Istomin birinchi uchrashuvni muvaffaqiyatli yakunlagandi.

Saralash bahsining so‘nggi davrasida u germaniyalik tajribali tennischi Aleksandr Zverevga qarshi kurash olib bordi. Mazkur bellashuvda Istominga omad yetishmadi va u 2:6, 6:3, 3:6 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv ikki soat va 2 daqiqa davom etdi.

Shu tariqa, Denis Istomin musobaqaning asosiy to‘riga chiqa olmadi va AQShdagi ishtirokini erta yakunladi.

Top