Janubiy Koreyaning qurilish kompaniyalari Markaziy Osiyo bozoriga qiziqish bildirmoqda
Janubiy Koreyaning qurilish kompaniyalari Markaziy Osiyo bozorida o‘z o‘rinlarini mustahkamlab, mintaqada bo‘layotgan iqtisodiy rivojlanish jarayonida ishtirok etmoqchi.
Koreyaning Hyundai Engineering & Construction va POSCO Engineering & Construction qurilish kompaniyalari mintaqadagi loyihlarda ishtirok etish uchun hamkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Jumladan, Hyundai Engineering & Construction GS Engineering & Construction va Samsung Engineering bilan birlashib, O‘zbekistonda yirik kimyo zavodining qurilishida ishtirok etishi aytildi. Loyihaning qiymati 2.01 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Samsung C&T esa mintaqada yo‘l qurilishi bilan shug‘ullanmoqda.
Samsung 2009 yildan buyon Qozog‘istonda energetika loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihaning qiymati 4.9 mlrd dollarga yetadi.