O‘zbekiston | 08:19 / 30.08.2015
10574
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekko‘mir” AJ rahbariyati ishlab chiqarish jarayonidagi noxush hodisalar bo‘yicha aybdorlarni jazoladi

“O‘zbekko‘mir” AJning “Belazko‘mir” sho‘'ba korxonasida BelAZ 7540 №19 va BelAZ 7540 № 16 avtosamosvallari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergani oqibatda avtosamosvallarning tormoz tizimi ishdan chiqdi.

“O‘zbekko‘mir” rahbariyati yuqoridagi holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasiga muvofiq, o‘z lavozim majburiyatlariga ma'suliyatsizlik bilan qaragan javobgar shaxslarni avgust oyida ish haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortdi va shaxsiy javobgarlik haqida qattiq ogohlantirdi.

Shuningdek, “Angren” kesmasida EKG-15 №89 ekskavatoridagi ko‘taruvchi sim arqonning uzilishiga olib kelgan nazoratni susaytirish va o‘z lavozim majburiyatlariga ma'suliyatsizlik bilan qaragan bir qator xodimlar korrektsiyalovchi koeffitsiyentdan mahrum etildilar va qattiq ogohlantirildilar.

Shuningdek, dumpkar temir yo‘l izidan chiqib ketgani uchun O‘zbekiston temir yo‘l transporti sho‘ba korxonasining ishchilari ham Mehnat kodeksiga binoan korrektsiyalovchi koeffitsiyentdan mahrum etish bilan jazolandilar.

“Ayni paytda ishchilarning mas'uliyatsizligi va loqaydligi turli avariyalar, mulkka ziyor yetishiga va boshqa noxush voqealarga olib kelmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJ ob'yetlariga mas'ul xodimlarning o‘z lavozim majburiyatlariga loqaydliklari tufayli anchagina moddiy zarar yetkazilgan”, deb aytilmoqda “O‘zbekko‘mir” AJ matbuot xizmati bergan xabarda.