Jahon | 21:06 / 30.08.2015
3416
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya bosh vaziri: Fransiya urushdan qochayotgan muhojirlarni qabul qilishi kerak

Urushdan va taqibdan qochayotgan muhojirlar Fransiyaga qirish huquqiga ega bo‘lishlari kerak, deb hisoblamoqda Fransiya bosh vaziri Manuel Vals.

“Boshpana taqdim qilish haqidagi har bir iltimos tezlik bilan ko‘rib chiqilishi, urush, taqib, qiynoq, tahqirlashdan qochayotgan muhojirlar qabul qilinishi kerak”, deb humkron partiya a'zolariga La-Roshel shahridagi yig‘ilish davomida aytdi Vals.

Fransiya bosh vaziri muhojirlarga “munosib ravishda” munosabatda bo‘lish odat tusiga aylanishi kerakligini tak'kidladi.
31 avgustda Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius Sharqiy Yevropaning muhojirlarga nisbatan siyosatini tanqid ostiga oldi. Fabius ba'zi davlatlar muhojirlarni qabul qilishga nisbatan qat'iy qarshi bo‘layotganlirini hayratlanarli holat deb hisoblashini ma'lum qilgan edi.