Jahon | 18:36 / 02.09.2015
2750
1 daqiqa o‘qiladi
Kreml Rossiya aviatsiyasi "IShID" pozitsiyasiga zarba berishda ishtirok etishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi
Kreml bir qator OAVlarda Rossiya qurolli kuchlarining "IShID" obektlariga zarba berishda ishtirok etishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar berdi.
Bunday xabarlarga ishonmaslik kerak”, – deya ikki marotaba ta'kidlab o‘tdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Biroz avvalroq, bir qator xorij OAVlari Rossiya aviatsiyasi Suriya hududida "IShID" pozitsiyalariga zarba berishda ishtirok etishi mumkinligi, mazkur amaliyot uchun uchun texnikalar ko‘chirilayotgani to‘g‘risida xabar tarqatgan edi.